Rasman: “Brentford” – MYU uchrashuvi qoldirildi
14 dek 2021 07:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673202_original.jpg)
![](/upload/storage/673202_220.jpg)
Rasman: “Brentford” – MYU uchrashuvi qoldirildi
APL 17-turidan o'rin olgan “Brentford” – “Manchester Yunayted” o'yini nomalum muddatga qoldirdi.
Bunga “qizil iblislar”ning bir qator azolarida koronavirus aniqlangani sabab bo'lgan.
Uchrashuvning yangi o'tkazilish sanasi esa ochiqlanmagan. Hozircha MYUda kimlar COVID-19 bilan kasallangani malum emas. “Brentford Komyuniti” stadionidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 15 dekabrga o'tar kechasi soat 00:30 da start olishi rejalashtirilgandi.
Avvalroq, “Tottenxem”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani tufayli jamoaning 12 dekabr kunga belgilangan “Brayton”ga qarshi bahsi, shuningdek, Konferenciyalar Ligasi doirasidagi “Renn” bilan o'yini bekor qilingandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar