Rasman: “Borussiya D” Gyotce bilan xayrlashdi
27 iyu 2020 20:10
Yangiliklar


Rasman: “Borussiya D” Gyotce bilan xayrlashdi
Dortmuntliklar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Mario Gyotce klubdan ketayotgani haqda xabar berishdi.
SHuningdek, Germaniya chempionatining so'nggi turi doirasida "Xoffenxaym"ga qarshi bahs oldidan Gyotcega klubdagi xizmatlari uchun maxsus sovg'a taqdim etildi.
Gyotce 2008-2013 yillari “arilar” sharafini himoya qildi va keyin “Bavariya” azoasiga aylandi. 2016 yil u yana sobiq klubiga qaytdi.
“Rahmat, Mario Gyotce!
Senga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilaymiz va sen bilan o'tgan ajoyib “qora-sariq” yillarni birgalikda eslaymiz!”, deya yozgan klub matbuot xizmati.
Mario joriy mavsum Bundesligada 15ta bahsda qatnashib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar