Rasman. Borodyuk Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi
27 fev 2017 23:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/242335_original.jpg)
![](/upload/storage/242335_220.jpg)
Rasman. Borodyuk Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi
Rossiyalik taniqli mutaxassis Aleksandr Borodyuk rasman Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Borodyukning Qozog'iston FF bilan kelishuvi 3 yilga mo'ljallangan. Bosh murabbiy oldiga terma jamoadagi avlodlar almashinuvi jarayonini yakunlash, tarkibni yoshartirish hamda mahalliy istedodlarni yuzaga chiqarish vazifasi qo'yildi.
Malumot uchun, Qozog'iston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichining E guruhida ishtirok etyapti. Yon qo'shnilarimiz o'tkazilgan 4ta o'yinda 2 ochko jamg'arib, so'nggi pog'onani egallab turishibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar