Rasman. Borodyuk Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2017, 23:50
Rossiyalik taniqli mutaxassis Aleksandr Borodyuk rasman Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Borodyukning Qozog'iston FF bilan kelishuvi 3 yilga mo'ljallangan. Bosh murabbiy oldiga terma jamoadagi avlodlar almashinuvi jarayonini yakunlash, tarkibni yoshartirish hamda mahalliy istedodlarni yuzaga chiqarish vazifasi qo'yildi.

Ma'lumot uchun, Qozog'iston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichining E guruhida ishtirok etyapti. Yon qo'shnilarimiz o'tkazilgan 4ta o'yinda 2 ochko jamg'arib, so'nggi pog'onani egallab turishibdi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kff.kz