Rasman: "Bavariya" navbatdagi transferni elon qildi
18 avg 2019 16:40
Yangiliklar
Rasman: "Bavariya" navbatdagi transferni elon qildi
Yarim himoyachi Mikael Kyuizans Menxengladbaxning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga o'tdi.
Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar bermoqda. Klub uning transferi uchun 12 million evro to'lagan. Xavbek 2024 yilga qadar "Bavariya" sharafini himoya qiladi.
20 yoshli Mikael Kyuizans "Nansi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yilda u "Borussiya" tarkibiga ko'chib o'tgandi. SHu vaqtdan buyon u 39 o'yinda qatnashib, 3 golga assistentlik qildi.
Mikael Kyuizans "Bavariya"ning ushbu yozdagi 6-transferi hisoblanadi. Oldinroq "Bavariya" Lukas Ernandes (80 million evro), Benjamen Pavar (35 mln), Filippe Koutino (8,5 mln, ijara), Ivan Perishich (5 mln, ijara) va Yann-Fit Arp (3 mln)ning transferini elon qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar