Rasman: "Barselona" Aguerodan so'ng yana bir transferni amalga oshirdi

Alisher
1 iyun 2021, 12:48
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya "Barselona"ga qaytdi.

20 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Bitimda Garsiyaning tovon puli yozilgan - 400 million evro.

Erik Garsiya - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U 2018 yilda ingliz klubiga o'tgandi, hozir esa u "Siti"ni tark etdi va erkin agent maqomida "ko'k-anorranglilar" bilan shartnoma imzoladi.

Erik ikki mavsum davomida "Siti" tarkibida APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com