So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  0 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Rasman: BAA bilan o'yinda Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi Yangiliklar

Rasman: BAA bilan o'yinda Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi

O'zbekiston terma jamoasini BAAlaridagi o'rtoqlik uchrashuviga Ro'ziqul Berdiev olib boradi.

Bu haqida bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasida bo'lib o'tgan majlisda Umid Ahmadjonov malum qildi. O'zbekiston terma jamoasi yoshartirilishi munosabati bilan tarkib butkul yangilanmoqda. BAAga qarshi o'yinda yoshlar sinovdan o'tkaziladi.

“Biz kelajak uchun istiqbolli rejalar tuzayapmiz. SHu tamoyilga sodiq qolgan holda milliy terma jamoa tarkibini yoshartirish yo'lidan boramiz” , - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga.

“BAA bilan o'yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo'lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o'tkazish imkonini beradi. Jamoani maydonga Ro'ziqul Berdiev boshlab tushadi”, - deydi Umid Ahmadjonov.
O'FF prezidenti terma jamoaga xorijlik murabbiy taklif qilinishi to'g'risida quyidalarni malum qildi.

“Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o'tgandik. Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko'rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz”, - deydi Umid Ahmadjonov.

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14 noyabr kuni mehmonda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin bo'lib o'tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика