Rasman: "Aston Villa" 15 million funtlik xaridni amalga oshirdi
01 iyu 2019 18:08
Yangiliklar


Rasman: "Aston Villa" 15 million funtlik xaridni amalga oshirdi
"Sautgempton"ning chap qanot himoyachisi Mett Targett "Aston Villa" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda birmingemliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi. Klub 23 yoshli angliyalik futbolchining transferiga 15 million funt ajratdi.
O'yinchi klubning mavsumlar oralig'idagi to'rtinchi xaridiga aylandi.
Futbolchi yakunlangan mavsum Premer-ligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar