Rasman: Ashurmatov "Navbahor" bosh murabbiyi!
09 jan 2014 21:08
Yangiliklar

Rasman: Ashurmatov "Navbahor" bosh murabbiyi!
So'nggi paytlarda “Navbahor” jamoasini boshqarishga davogarlar sifatida bir qator murabbiylar keltirib o'tildi.
Xususan, mamlakatimizning taniqli
mutaxassislaridan biri Vadim Abramovning ham Namanganda ish boshlashi
mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Lekin, bu kabi malumotlarda hech qanday asos yo'q. SHu bilan birgalikda, “Navbahor” boshqaruvi Aleksandr Mochinovning qo'liga o'tishi borasidagi habarlar ham paydo bo'lgandi. Mochinov varianti ham ko'rib chiqilgan bo'lsada keyinchalik ushbu murabbiy nomzodi kun tartibidan olib tashlandi.
Klub rahbariyati bir qator mutaxassislar olib borilgan muzokaralardan keyin Baxtiyor Ashurmatov nomzodida to'xtalishdi. O'tgan mavsumda Guliston jamoasini boshqargan murabbiy, bu yilgi mavsumlar oralig'ida Bunyodkor klubi murabbiylar shtabidan o'rin olgandi.
Bundan biroz vaqt oldin Ashurmatov Namanganga etib keldi. Hozirgina, murabbiy bilan olib borilgan muzokaralar ijobiy tarzda yakunlandi. Endilikda Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish yuritadigan bo'ldi.
Yangi bosh murabbiy jamoaga bir qator futbolchilarni taklif etishni rejalashtirmoqda. SHunday ekan, shu kunlarda tarkibga yangi o'yinchilar qo'shilishadi.

Fikrlar