Rasman: Alisher SHog'ulomov "Olmaliq" bilan shartnoma imzoladi
03 iyu 2015 07:00
Yangiliklar


Rasman: Alisher SHog'ulomov "Olmaliq" bilan shartnoma imzoladi
"Olmaliq" o'z safiga iqtidorli hujumchini qo'shib oldi.
Bundan bir necha oy ilgari Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnomani bekor qilgan Alisher SHog'ulomov jamoasiz yurgandi.
Unga oliy liganing bir nechta klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar bor edi.
Alisherning saytimizga malum qilishicha bugun "Olmaliq" 22 yoshli futbolchi bilan yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan.
Aytish lozimki, Igor SHkvirin jamoasi birinchi davra nihoyasiga etgach qisqa muddatli tatilga chiqqan. Aytishlaricha jamoa 9 iyul kuni Toshkentda yig'iladi.

Fikrlar