Rasman: Aleksis Sanches “Inter”ga o'tdi
30 avg 2019 07:41
Yangiliklar


Rasman: Aleksis Sanches “Inter”ga o'tdi
“Manchester Yunayted”ning chililik futbolchisi Aleksis Sanches Milanning “Inter” klubi azosiga aylandi.
30 yoshli Sanches 2020 yil 30 iyuniga qadar “Inter”da ijara asosida to'p suradi. Milanliklar futbolchining bir yillik ijarasi uchun 15 million evro to'lagani aytilmoqda. Italiya klubi Aleksisni mavsum so'ngida to'liq sotib olishi mumkin bo'ladi.
Sanches o'tgan mavsum “qizil iblislar” safida 27 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Manchesterda haftasiga 391 ming funt maosh olar edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar