Rasman: Alaba “Bavariya”ni yozda tark etadi

Eldor Akmurzayev
16 fev 2021, 19:30
Myunxenliklar himoyachisi David Alaba faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi

Bu haqda uning o'zi ma'lum qildi va keyingi manzili qaer bo'lishini aniq aytmadi. Alabaning agentlari bir qator takliflarni ko'rib chiqmoqda.

Avstriyalik mavsumni ko'tarinki tarzda yakunlab, “Bavariya” bilan do'stona tarzda xayrlashmoqchi.

Avvalroq, Alaba “Real”ga o'tishga yaqinligi aytilgandi. 28 yoshli o'yinchi 2009 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru