Rasman: "Al Jayish" legioneri "Ar Rayyan"ga o'tdi
20 may 2017 13:51
Yangiliklar
Rasman: "Al Jayish" legioneri "Ar Rayyan"ga o'tdi
Qatarning "Al Jayish" klubi "Lahviya" bilan birlashtirib yuborilishidan xabaringiz bor.
Bugun "Al Jayish"ning yulduz legionerlaridan biri bo'lgan Abdulrazzoq Hamdallah klubni tark etgani elon qilindi. 2015-2016 yil Qatar Yulduzlar ligasi to'purariga aylangan hujumchi yangi mavsumni "Ar Rayyan" klubida boshlaydi.
"Al Jayish"ni futbolchilar tark etishi rasman boshlandi. Eslatib o'tamiz, ushbu klubda o'zbekistonlik Sardor Rashidov ham o'ynaydi. Hamyurtimiz ham yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi deyarli aniq. Kecha uning fikrlari saytimizda chop etilgan edi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar