So’nggi yangiliklar

01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  5 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  9 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  110 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  8 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  11

Rashidov: "Ikkinchi SHackix bo'lishni istamayman" Yangiliklar

Rashidov: "Ikkinchi SHackix bo'lishni istamayman"

FIFAning rasmiy saytida O'zbekiston terma jamoasi va "Al Jayish" hujumchisi Sardor Rashidovning intervyusi elon qilindi.

Doha futbol ishqibozlarini hayron qoldirish juda qiyin, chunki ular juda ko'plab jahon yulduzlarining o'yinidan bahramand bo'lishgan. Masalan, ispan afsonasi Raul "Al-Sadd"da 3 mavsum o'ynadi, o'tgan yilning sentyabr oyida esa Xavi uning joyini egalladi. Ammo "Al Jayish" o'z safiga qo'shib olgan Sardor Rashidov ilk debyut mavsumidayoq xatto eng jiddiy muxlislar tiliga tushdi va ishqibozlar o'zbek ovchisini iliq so'zlar bilan maqtashmoqda.

Rashidov Qatar poytaxtiga o'tgan yilning iyul oyida kelgan bo'lishiga qaramay, juda tez mashhurlikka erishdi. 24 yoshli futbolchi 20 uchrashuvda o'z hisobiga 9 ta gol yozib qo'ydi, uning jamoasi esa turnir jadvalining uchinchi o'rnini egallab turibdi. Uni mashhur qilgan yana bir jihat, "Bunyodkor" sobiq futbolchisi tezkorligi va epchilligi bilan urgan gollari ishqibozlar ko'zini qamashtirdi va unga "CR10" laqabini berishdi (Sardor Rashidov "Al Jayish"da 10-raqamda to'p tepadi).

"CR10" laqabi sizni ilhomlantiradi, chunki Krishtianu Ronaldu jahon futboli yulduzi hisoblanadi. Ammo meni Sardor deb chaqirishsa o'zimni yaxshiroq his qilaman.

Men Qatarga yangi chaqiruvlar uchun kelganman. "Al Jayish" ajoyib jamoa va bu klubda o'ynashimdan xursandman. Bundan tashqari, o'zga ligada O'zbekiston nomini himoya qilishdan faxrlanaman. Doimo Evropaning kuchli ligalaridan birida o'ynashni orzu qilganman, ammo hozir mahoratimni oshirmoqchiman. Agar yorqin o'yin ko'rsatsangiz, imkoniyat bo'ladi.

Osiyo chempionati

O'ziga ishonchi kuchli bo'lgan Rashidovni uy yil oldin ko'pchilik tanimas edi. Jizzaxning "So'g'diyona" klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rashidov 2009 yilda o'zbek giganti - "Bunyodkor" safiga o'tadi, ammo sayqal berilmagan olmos bir necha mavsum davomida mahoratini oshirib boradi. U 2013 yilda ilk marotaba terma jamoadan chaqiruv oladi.

Rashidovning terma jamoadagi debyuti juda og'ir imtixon bo'lgan. O'zbekiston Vetnamga qarshi Osiyo Kubogi-2015 saralash bahsida g'alaba qozonishi kerak edi. Vetnamliklar yaxshi himoyalanishdi va birinchi bo'lim golsiz yakunlandi.

O'shanda klub va terma jamoa bosh murabbiyi bo'lgan Mirjalol Qosimov Rashidovning potencialidan xabardor edi va Sardorni ikkinchi bo'limda maydonga tushiradi. Murabbiyning ishonchi foyda berdi, hujumchi raqib himoyasini engdi va jamoa 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bir oydan so'ng Vetnam 3:0 hisobida mag'lub etiladi.

"Vetnamga qarshi bahsni yaxshi eslayman. Men terma jamoadagi debyutimda gol urdim va saralash bosqichi biz uchun juda muhimligini isbotladim. Murabbiylarim bir necha bor o'zim ishonishim kerakligini aytishdi, shu sabab xatto tajribali raqiblar oldida o'zimni kuchli his qildim. 3 yil o'tdi va o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi".

Rashidov terma jamoa bilan 2015 yilda Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qatnashadi va O'zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidan sakkiz yillik alamini olishga muvaffaq bo'ladi. Sardor 2014 yilda "Bunyodkor"ning eng yaxshi to'purariga aylanadi va o'sha yili barcha turnirlarda 15 ta gol uradi.

"Kasbim gol urish. Men hujumchiman va jamoamga yordam berishim uchun gol urishim zarur. Iqtidorni sizga yaratgan beradi, ammo siz bu sovg'ani o'zi bilan yaxshi futbolchi bo'la olmaysiz. Siz ter to'kib mehnat qilishingiz kerak. Mening kuchim yanada rivojlanishni istashimda. Doimo o'sishni xohlayman, faqat mehnatgina sizni kuchliroq qilishi mumkin.

Jahon chempionati umidlari

Osiyoning istiqbolli yulduzi sifatida hisoblanuvchi Rashidov JCH-2018 saralashida ham o'zini ko'rsatmoqda. Sardor bu bahslarda o'z hisobiga 4 ta gol yozib qo'ydi. Muxlislar Rashidovni O'zbekiston terma jamoasi va Kievning "Dinamo" klubi hujmchisi Maksim SHackixga o'xshatishyapti, ammo futbolchining o'zi boshqacha fikrda.

"SHackix buyuk futbolchi. U har bir yosh o'zbek futbolchisining kumiri. Ammo men Sardor Rashidov bo'lishni istayman. Men o'z jamoamga iloji boricha ko'proq uchrashuvlarda g'alaba qozonishga yordam berishni xohlayman.

Ayni damda keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Bu O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi tarkiblardan biri. Muxlislarni jahon chempionati yo'llanmasi bilan xursand qilishning vaqti keldi deb o'ylayman. Maqsadim O'zbekiston terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etish va buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - deydi Sardor Rashidov.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика