Rangnik - Ronaldu haqida: "U hali ham boshqalardan farqli ekanligini ko'rsata oldi"
15 mar 2022 22:52
Yangiliklar


Rangnik - Ronaldu haqida: "U hali ham boshqalardan farqli ekanligini ko'rsata oldi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa futbolchisi Krishtianu Ronalduning jamoadoshlariga tasiri haqida gapirdi.
- Uning asosiy ozuqasi - gollar. Buni u "Tottenxem" bilan o'yinda o'z kuchi orqali ko'rsatib berdi. Hamma futbolchi ham bunday gol ura olmaydi. Menimcha shu orqali u jamoaga qanday tasir o'tkazishini bilib oldingiz.
Undan tashqari, Ronaldu hali ham boshqalardan ajralib turadigan futbolchi ekanligini ko'rsatmoqda.
- Ronalduga moslashishingizga to'g'ri kelyaptimi?
- Murabbiy doimo jamoaga yaxshi bo'ladigan tomonni o'ylashi kerak. SHu sababli futbolchilar ham Krishtianu kabi, almashtiriladimi yoki dam olish uchun biror o'yinni o'tkazib yuboradimi, farqi yo'q, barchasini to'g'ri tushunishi kerak, - dedi Rangnik.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 0

Fikrlar