Rangnik MYUning birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinidan norozi
24 fev 2022 08:54
Yangiliklar
Rangnik MYUning birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinidan norozi
MYU bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Atletiko"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limidan norozi.
"O'yinni men qutqardimmi yoki yo'qmi, buni bilmayman. Ammo birinchi bo'limdan so'ng o'yinimiz yaxshilandi. Birinchi taymda ko'rsatgan o'yinimizga ishona olmayapman. Biz o'zimizga bo'lgan ishonchsiz o'ynadik, shu sababli bizda muammolar paydo bo'ldi.
Ikkinchi taymda yaxshiroq harakat qildik, bo'sh zonalarda to'p bilan ko'proq o'ynadik. Agar yana 10 daqiqa vaqt bo'lganida biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
Birinchi taymda yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Tanaffusgacha ko'rsatilgan o'yinimizdan hafsalam pir bo'ldi. Biz juda ehtiyotkor edik.
Javob o'yini umuman boshqacha bo'ladi. Biz 75 ming muxlisimiz qarshisida o'ynaymiz. O'zimizga ishongan holda harakat qilamiz", - dedi MYU bosh murabbiyi.
Fikrlar