Rangnik MYUga "Bayer" forvardini olib kelmoqchi
26 dek 2021 14:35
Yangiliklar
Rangnik MYUga "Bayer" forvardini olib kelmoqchi
"Bayer" forvardi Florian Virc "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Tribal Football" xabariga ko'ra, 18 yoshli germaniyalikning transferini mankunianliklar ustozi Ralf Rangnik istamoqda. Yaqindagina u klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi. Uning tovon puli 70 million evroga teng.
Ushbu mavsumda Virc 21 o'yinda qatnashib, 8 gol va 11 assist qayd etdi.
Fikrlar