Rangnik: “Matematik jihatdan top-4'ga kirish uchun hali imkonimiz bor”
03 apr 2022 09:30
Yangiliklar
Rangnik: “Matematik jihatdan top-4'ga kirish uchun hali imkonimiz bor”
“Agar o'yinni umumiy ko'rib chiqsak, durang – bu normal holat deb o'ylayman. Oxirgi 15 daqiqalikda g'alaba golini urishga harakat qildik, 2-3 ta yaxshi imkoniyat bo'ldi.
Matematik jihatdan kuchli to'rtlikka kirish imkoni bor ekan, iloji boricha ko'proq o'yinlarda g'alabaga erishib, bunga uddalashga intilamiz. Ochig'i, 2 ochko yo'qotganimizdan keyin ahvolimiz yaxshilangani yo'q. Mavsumni yuqori notada yakunlashimiz shart. “Everton”ga qarshi uchrashuvga tayyorgalik ko'rishimiz va g'alaba qozonishimiz lozim”, deydi Rangnik.
“Qizil iblislar” musobaqa jadvalida 51 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Jamoani ECHL pog'onasida 3 ochko ajratib turibdi. 4-pog'onadagi “Arsenal” bu turdagi o'yinini hali o'tkazmadi va bitta zaxira uchrashuvi ham bor.
Fikrlar