Rangnik jarohatlanganlar haqida gapirdi
18 apr 2022 22:10
Yangiliklar
Rangnik jarohatlanganlar haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Liverpul"ga qarshi o'yinda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmasligini aytib o'tdi.
"Varan umumiy guruh bilan shug'ullanmadi. U reabilitaciya bo'yicha murabbiy bilan individual dastur bo'yicha ishlamoqda. Qolganlar orasida jarohatlanganlar haqida gapiradigan bo'lsak, avvalgi ikki o'yin bilan solishtirganda vaziyat o'zgarmagan", - dedi Rangnik.
Qayd etish joizki, yarim himoyachi Brunu Fernandesh baxtsiz hodisaga uchragan, biroq ayni damda portugaliyalik yarim himoyachining avholi yaxshi. U jamoa bilan mashg'ulotda qatnashdi hamda bo'lajak uchrashuvda ishtirok etishga tayyor.
Fikrlar