Rangnik APLda beshta o'zgarishga ruxsat berilishini istamoqda. Murabbiy bu taklifning foydali tomonlarini sanadi
23 dek 2021 22:27
Yangiliklar
Rangnik APLda beshta o'zgarishga ruxsat berilishini istamoqda. Murabbiy bu taklifning foydali tomonlarini sanadi
Murabbiy APLga foydali taklif bilan yuzlandi.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik APL o'yinlarida beshta o'zgarish qilish imkoniyati berilishini so'radi.
"Bundan 18 oy oldin pandemiya boshlanganida o'yinlarda beshta o'zgartirish qilishga ruxsat berildi. Bu ko'p tomondan qaraganda to'g'ri qaror edi.
Bunda futbolchilar ko'proq kuch tejashlari mumkin bo'ladi. Ayniqsa, agar o'yinchi virusdan tiklanish jarayonida bo'lsa, unda bu yanada ko'proq yordam beradi. Angliya - bu beshta o'zgarish qilish mumkin bo'lmagan yagona davlat. SHu bilan birga, zaxirada ettita o'yinchi bo'ladi. Fikrimcha, APLda ham beshta o'zgarish qilish imkoniyatini yaratish kerak", -deydi Ralf Rangnik.
Fikrlar