Ramosning akasi Serxio haqida mish-mishlarga javob qaytardi
07 noy 2021 10:00
Yangiliklar
Ramosning akasi Serxio haqida mish-mishlarga javob qaytardi
PSJ himoyachisi Serxio Ramosning agenti va akasi Rene Ramos ispaniyalikning klub bilan shartnomasini bekor qilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Serxio PSJ bilan shartnomasini bekor qilmoqchi emas, u faoliyatini ham yakunlamaydi. Imkon tug'ilishi bilan u maydonga qaytadi. Bu jismoniy holat bilan bog'liq”, deydi Rene Ramos.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida parijliklar azosiga aylandi va jarohati tufayli yangi jamoasida hali debyut qilishga ulgurmadi.
Fikrlar