Ramos va Mendi "CHelsi" bilan o'ynashi mumkin. Varan ertaga MRTdan o'tadi
02 may 2021 21:53
Yangiliklar
Ramos va Mendi "CHelsi" bilan o'ynashi mumkin. Varan ertaga MRTdan o'tadi
Madridning "Real" klubi ECHL yarim finali doirasidagi "CHelsi"ga qarshi javob o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, bugun Ferlan Mendi hamda Serxio Ramos mashg'ulotlarda to'p bilan va to'psiz ishlashgan. Ular "aristokratlar" bilan o'yinda maydonga tushishlari mumkin.
Yarim himoyachi Federiko Valverde esa koronavirus uchun yana bir bor test topshirgan (natijasi ertaga chiqadi).
"Osasuna"ga (2:0) qarshi o'yinda jarohat olgan Rafael Varan ertaga MRTdan o'tadi. SHundan keyin shikastlanish darajasi oydinlashadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "CHelsi" o'rtasidagi uchrashuv 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda tomonlar bittadan gol urishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar