Ramos: "Umid qilamanki, hali yana ko'plab gollar uraman"
24 jan 2022 21:09
Yangiliklar
Ramos: "Umid qilamanki, hali yana ko'plab gollar uraman"
PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramos Franciya chempionati 22-turi doirasidagi "Reyms"ga qarshi o'yindan keyin (4:0) fikrlarini bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va debyut golini urdi.
"G'alabamizdan juda xursandman. Debyut golimni urganim ajoyib bo'ldi. Bu astoydil mehnat qilishning mukofoti deb o'ylayman.
Uy o'yinlarida muxlislarning ovozini eshitib turish yoqimli. 90 daqiqa o'ynab, PSJ uchun birinchi golimni urganimdan baxtiyorman. Umid qilamanki, hali yana ko'plab gollar uraman.
Eng kuchli o'yinimni namoyish qilishim uchun jismoniy holatimni tiklashim zarur. Ko'p vaqt o'ynamadim, maydon – mening uyim. Faqat maydondagina o'zimni yaxshi his qilaman. Boshida qiyin bo'ldi, ammo keyin o'rnimni topdim. Ruhiy tarafdan ham hammasi joyida", – dedi Ramos.
Fikrlar