Ramos "Siti"ga qo'yilgan taqiq haqida fikr bildirdi
25 fev 2020 23:15
Yangiliklar


Ramos "Siti"ga qo'yilgan taqiq haqida fikr bildirdi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos "Manchester Siti"ning evrokuboklardan chetlatilishiga nisbatan o'z munosabatini bayon qildi.
"Bu sizning so'nggi musobaqangiz ekanini anglagan holda maydonga tushsangiz, yanada kuchliroq, g'ayratliroq bo'lasiz.
Umid qilamanki, biz bu kabi holatlarga hech qachon yo'liqmaymiz, chunki CHempionlar ligasi – maxsus turnir. Bu o'zingizni yaxshi tomondan ko'rsatish, kamchiliklaringizni ilg'ab olish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi", – dedi "Real" va Ispaniya terma jamoasi sardori.
Ramos: "Hakamlar mening ustimdan kulayotgandek bo'ldi"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar