Ramos: "Qadrdonim Varan, faoliyatingning yangi bosqichida senga omad tilayman"
29 iyu 2021 22:00
Yangiliklar
Ramos: "Qadrdonim Varan, faoliyatingning yangi bosqichida senga omad tilayman"
Madridning "Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramos Rafael Varanning Madriddan Manchesterga ko'chib o'tishi munosabati bilan tasirlanarli xabar yo'lladi.
"Qadrdonim Rafa, bir necha yillik yaqin do'stlik uchun senga minnatdorchilik bildiraman, faoliyatingning yangi bosqichida senga muvaffaqiyat va omad tilayman. Qachondir, qarama-qarshi kelib qolsak, ajoyib bo'lardi. Sen har doim men bilan bo'lasan, shunday emasmi? O'zingni asra, Rafa", – deb yozadi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Varan 50 million evro evaziga MYUga o'tdi. U 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Unga ko'ra yiliga 12 million evro oladi.
O’xshash yangiliklar
23:22
APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi 230
Fikrlar