Ramos Pikedan "Real"ni hurmat qilishni talab qildi
14 dek 2015 11:10
Yangiliklar
Ramos Pikedan "Real"ni hurmat qilishni talab qildi
"Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos "Barselona"dagi hamkasbi Xerard Pikeni "Qirollik klubi" futbolchilarini hurmat qilishga chaqirdi.
Ramosning talabiga sabab, oldinroq Pike "qaymoqranglilar" himoyachisi Alvaro Arbeloani bir kun kelib komediya klubida ko'rishini aytganidir. SHu bilan birga, Denis CHerishevning diskvalifikaciyasi bo'lishiga qaramay "Kadis"ga qarshi Ispaniya Kubogida maydonga tushganidan so'ng Pike o'z "tvitter" sahifasida 9ta smaylik qoldirgan.
"Real" sardori sifatida Pikega aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa, u "Real" va uning futbolchilarini himoya qilishi kerak. Bunday hurmatsilik munosabatlarni buzadi. So'nggi yillarda bu ikki klubda Puyol, Xavi, Raul va Kasilyas kabi yaqin do'stlar bo'lgan. Biz hammamiz ulardan o'rnak olib, ahmoqliklarga yo'l qo'ymasligimiz kerak" - deydi Ramos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar