Ramos Kasilyas rekordini takrorladi
27 mar 2019 11:13
Yangiliklar


Ramos Kasilyas rekordini takrorladi
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Maltaga qarshi bo'lib o'tgan Evro-2020 saralash uchrashuvida (2:0) ishtirok etdi.
Bu futbolchi uchun milliy terma jamoa libosidagi 121-g'alaba bo'ldi. SHunday qilib, u jamoa sobiq posboni Iker Kasilyas rekordini takrorladi.
Serxio Ramos tez orada Kasilyasning yana bir rekordini yangilashi mumkin. Himoyachi milliy jamoada o'tkazgan o'yinlar soni bo'yicha darvozabondan o'tib ketishi mumkin. Ayni damda Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 162ta o'yin o'tkazdi, Kasilyas hisobida 167ta bahs mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar