Ramos "Kadis" bilan o'yinda jarohatlandi. "El-klasiko"gacha 7 kun bor
18 okt 2020 00:26
Yangiliklar


Ramos "Kadis" bilan o'yinda jarohatlandi. "El-klasiko"gacha 7 kun bor
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos La Liga 6-turi doirasidagi "Kadis" (0:1) bilan o'yinda safdan chiqdi.
Real Madrid |
LaLiga . 6-tur 17/10/2020, 22:30 1
:
0
Tugadi
|
Cadiz Anthony Lozano - 16' |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Jaime Latre
45'
90'
34 yoshli ispaniyalik futbolchi tanaffusda almashtirildi. Ramos raqib forvardi Entoni Losano bilan sodir bo'lgan epizodda tizzasidan jarohat olgan.
Hozircha jarohatning og'irlik darajasi nomelum. Marca xabariga ko'ra, Zidan shogirdini ehtiyot chorasi sifatida zahiraga olgan.
Oldinda "Real"ni 21 oktyabr kuni o'tkaziladigan "SHaxtyor"ga (ECHL, 1-tur) qarshi va 24 oktyabrga belgilangan "Barselona" bilan o'yinlar kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar