So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  1 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

Ramos "Di Stefano"da Di Stefanoga etib oldi, Germaniya yana yuta olmadi, Farer orollari yangi tarix yaratmoqda Yangiliklar

Ramos "Di Stefano"da Di Stefanoga etib oldi, Germaniya yana yuta olmadi, Farer orollari yangi tarix yaratmoqda

Millatlar ligasida yana ko'plab qiziqarli holatlarga guvoh bo'ldik.

SHanba kuni Angliya va Islandiya penalti tepish mashqini o'tkazishdi, Franciya darvozaga bitta aniq zarba berib g'alaba qozondi, Portugaliya xorvatlarni yanchib tashladi.

Yakshanba kuni Rossiyaning g'alabasidan boshqa qiziqarli voqealar ham etarli bo'ldi.

"Alfredo Di Stefano" "stadioni sehri" termada ham ish bermoqda: ispanlar Ukrainaning "dodini berib qo'yishdi"

Yozda "Real" uncha katta bo'lmagan "Alfredo Di Stefano" stadioniga ko'chib o'tdi: La Liga doirasida madridliklar 6ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi va bor yo'g'i 2ta gol o'tkazib yuborishdi. O'sha o'yinlarda Serxio Ramos ham bir nechta gol urishga erishgandi – aniqroq aytsak uchta va muntazam ravishda penalti belgilangandi – ketma-ket oxirgi uch o'yinda.

Endi "Real"ning kichik arenasiga Ukraina termasi tashrif buyurdi, ammo sehr o'z kuchini yo'qotmagandi. O'yinning ikkinchi daqiqasi Ansu Fati mehmonlar jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, Serxio Ramos nuqtadan adashmadi. 29-daqiqada Dani Olmoning pasidan keyin Ramos dublni rasmiylashtirdi. Daxshatli statistika: Ispaniya safidagi oxirgi 15 o'yinda Ramos 9ta gol urdi. Yana eslatib qo'yamiz – u hali ham markaziy himoyachi. Endi Serxioning hisobida milliy terma safida 29 ta to'p bor va to'purarlar o'rtasida 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu pog'onani u Alfredo di Stefano bilan bo'lishib turibdi! "El kapitano" Di Stefanoga "Alfredo Di Stefano"da etib oldi. 

Ispaniya Ukrainani yirik hisobda (4:0) taslim etdi: Ansu Fati (endi terma jamoa tarixidagi gol urgan eng yosh futbolchi) va "Man Siti"ning yangi futbolchisi Ferran Torres terma safida ilk gollarini urishdi.


TAS-IX

 


Germaniya Millatlar Ligasida g'alaba qozona olmayapti – yana durang

Yoaxim Lev shogirdlari yana hisobda oldinda borayotgandi, ammo yana ustunlikni saqlab qola olmadi – 1:1, ikki kun avval Ispaniya bilan bo'lgani kabi. O'sha kuni "Qizil furiya"ni Gayya 95-daqiqada gol urib qutqargan bo'lsa, SHveycariya esa ikkinchi bo'lim boshida raqib darvozasini ishg'ol qildi va hattoki g'alabani ham ilib ketishi mumkin edi. O'yin so'nggida mezbonlar standartlarda bir nechta xavfli vaziyatlarga ega bo'ldi.


TAS-IX
 


"22 nafar futbolchi maydonda ter to'kadi va yakunda nemislar g'alaba qozonadi" iborasi Millatlar Ligasida hozircha umuman ishlamayapti: musobaqaning 6 uchrashuvida nemislar to'rt bor durang o'ynashdi va ikki marta mag'lub bo'lishdi.

Germaniyadan tashqari umuman g'alaba qozonmaganlar ichida - Irlandiya, Litva, Latviya, Andorra, Malta va San-Marino. To'g'ri, raqiblarning darajasi farq qilishi mumkin, lekin Germaniya ham San-Marino emas-ku.

Liverpullik yosh yigitcha 93-daqiqada Uelsga g'alaba keltirdi

Rayan Giggz qo'l ostida Uels ikki o'yinda ikkita g'alabaga erishdi. MYU afsonasi shogirdlari Bolgariyaga qarshi ustunlikka ega bo'ldi, lekin 93-daqiqadagina gol urdi.

Muxlislar "Liverpul"ning 19 yoshli himoyachisi Neko Uilyamsga rahmat aytishlari zarur: u standart vaziyatda raqib jarima maydonchasiga etib keldi va uzoq burchakdan to'pni darvozaga yo'lladi. Qizig'i, Nekoga golli uzatmani boshqa Uilyams – "CHarlton"dan Jonatan etkazib berdi.


Yurgen Klopp o'tgan mavsumdan Nekoni asosiy tarkibga jalb eta boshladi, yangi mavsumda aynan Uilyams qanot himoyasida Trentning o'rinbosari bo'lishi kutilmoqda. Giggz buni etibordan chetda qoldirmadi va Nekoni termaga taklif qildi. Uilyamsning sharofati bilan Uels 2003 yildan buyon ilk bor qatorasiga to'rtinchi o'yinda zafar quchdi.

Farer orollari - qaxramon. XXI asrda ilk bor ikki marta ketma-ket g'alaba qozonishdi

Farer orollari termasi o'zi uchun yangi tarix yaratmoqda: Malta va Andorra ustidan qozonilgan g'alabalar jamoa uchun yangi asrda ilk muvaffaqiyatli seriyaga aylandi. Oxirgi marta Farer orollari 1997 yilda ikki marta ketma-ket zafar quchgandi – o'shanda taqvim omadli kelib, ikki bor Malta bilan uchrashuv bo'lgandi.

Bu safar barchasi chiroyliroq va tasirliroq bo'ldi. 3 sentyabrb kuni Malta bilan o'yinda oxirgi daqiqalargacha durang (2:2) qayd etilayotgandi, keyin Brandur Olsen jarimani ajoyib ijro etdi.

Qiziq tomoni shundaki, termaning uchchala golini ham Olsen ismlilar urishdi: Brandur, Andreas va Klemint. Oxirgisi Andorra bilan uchrashuvda ham g'alaba to'pini kiritdi – chiroyli kombinaciyani yaqin burchakka tovoni bilan zarba berib yakunladi, darvozabon bunaqa qarorni kutmagani aniq.


Kechagi kunning yana bir necha qiziq epizodlari:

• Turkiya va Serbiya golsiz durangga imzo chekishdi, natijada Rossiya birinchi o'ringa mustahkam joylashib oldi: CHerchesov jamoasida 6 ochko, vengrlar – 3, Turkiya va Serbiyada – 1 ochkodan.

• Nemislarning Millatlar Ligasida 6 o'yindan buyon yuta olmayotgani haqidagi seriya yodingizdan chiqmadimi? Latviya va Maltada vaziyat undanda yomon: bu ikki terma musobaqaning 7 o'yinidan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. O'zaro bellashuvda ham g'olib aniqlanmadi – 1:1.

• Irlandiya finnlarga mag'lub bo'ldi, o'yin qaxramoni Fredrik Yensen: "Augsburg"ning 22 yoshli futbolchisi zaxiradan maydonga tushdi va gol urishi uchun 19 sekund etarli bo'ldi.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика