Ramon Kalderon: Ronaldu Realdan oldin Barsani rad etishga ulgurgan edi
01 mar 2014 07:34
Yangiliklar


Ramon Kalderon: Ronaldu Realdan oldin Barsani rad etishga ulgurgan edi
Madridning Real klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon Krishtianu Ronalduga Barselona ham qiziqqanligini aytib o'tdi.
Ha, bu rost. Fergyusson portugaliyalik futbolchini Realga sotishni xohlamagan va Barselonaga taklif bilan chiqqan edi. Kataloniyaliklar ushbu transfer masalasida o'ylab ko'rayotgandilar. Lekin Ronalduning o'zi Realdan boshqa jamoaga o'tmasligini aytgan edi.
Aynan shuning uchun ham Ronaldu Madridda paydo bo'ldi. Barcha hursand edi: MYU 80 million funt ishladi, Real dunyoning eng yaxshi o'yinchisini sotib oldi, Krishtianu Ronaldu esa o'z orzusidagi jamoa safida to'p suradigan bo'ldi, - deb aytib o'tdi Kalderon.

Fikrlar