Ramazon Mirzaev: "G'ijduvon"da moddiy etishmovchiliklar bor"
13 okt 2018 11:36
Yangiliklar
Ramazon Mirzaev: "G'ijduvon"da moddiy etishmovchiliklar bor"
"G'ijduvon" jamoasi bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. Safarda o'z oldimizga qo'yilgan vazifani alo darajada uddaladik. Bugun jamoamizning barcha azolari o'zlariga bo'lgan ishonchni oqlashdi.
"G'ijduvon" klubida hammasi mavsum boshidagidek davom etmoqda, jamoamizda faqatgina yordamchi murabbiy o'zgardi xolos.
Jamoamizning moliyaviy imkoniyatlari bir oz pastroq, shu bois bizda bugungi uchrashuvga to'liq tarkib bilan kelishning imkoni yo'q edi. SHunga qaramay uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan judayam xursandman.
Bugungi uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar guruhi o'yinni yaxshi boshqarishdi, ularga rahmat. Xususan tashkilotchilarga, nazoratchi hakamlarga, komissarga, shuningdek mezbon jamoa vakillariga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar