Ralf Rangnik: "Ronaldu pressinglar qiroli emas" Yangiliklar

Ralf Rangnik: "Ronaldu pressinglar qiroli emas"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Krishtianu Ronaldu pressingda unchalik yaxshi harakat qilmasligini aytgandi.

"Qaysi darajada, qanday bosqichda o'ynagan bo'lsak ham, raqib "Nyukasl" bo'ladimi yoki "Norvich"mi farqi yo'q, bizga qiyin bo'lishi aniq edi. Biz jamoaning jismoniy holatini yaxshilay olmadik, daraja oshmadi.

Ishoning, bundan eng ko'p jaxlim chiqqan va xafa bo'lgan inson menman. Bazida hujumchilar bilan yanada chuqurroq hujumga o'tish, hujumkor futbolchilarimiz yanada yaxshiroq poziciyalarni egallash borasida janjallashdim ham.

Krishtianu ko'plab muhim gollarni urdi, biroq u pressinglar qiroli emas. Men uni ayblamayman, u o'zi o'ynagan o'yinlarda ajoyib harakat qildi. U to'p raqiblarda bo'lib turgan payti sheriklariga: "To'pni olib qo'y!" deb baqiradiganlardan emas, yoshligida ham unday bo'lmagan.

Ko'plab xatoliklarga yo'l qo'ydik. To'p bilan va to'psiz o'yinda balansni ushlay olmadik. SHu sababli to'p bilan bo'lib turgan paytimiz ham vaziyat yaratishga qiynaldik", - dedi Rangnik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика