Ralf Rangnik MYUdagi kelajagi haqida gapirdi
11 dek 2021 08:51
Yangiliklar
Ralf Rangnik MYUdagi kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis MYU bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin esa u 2 yil klubda maslahatchi sifatida ishlaydi.
"Hozir bu haqida gapiradigan yoki o'ylaydigan vaqt emas. Men oldin ham, hozir ham bu haqida o'ylamadim. Ayni paytda bor etiborimni mashg'ulotlarga, keyingi o'yinga qaratganman. Klubda kelajak bo'yicha qaror qabul qilish uchun vaqt etarli.
MYU futbolchilari ham men kabi ambiciyaga egalar. Ular mavsumdagi maksimum natijaga erishmoqchilar. APLda yuqori o'rin, Angliya Kubogida va ECHLda uzoqroqqa borish.
Biz keyingi o'yindan boshlab ko'proq bahslarni yutishni boshlaymiz", - dedi Rangnik.
Fikrlar