Rakitich: “Real”ning natijalariga e'tibor bermaslik kerak

“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoasining La Liga chempionligi uchun imkoniyati haqida gapirdi.

“Real”? Ular bilan chempionlik uchun imkoniyatimiz teng. Ular ham biz kabi favorit. “Barselona” oxirigacha kurashadi. Qolgan barcha o'yinlar finaldek o'tadi. Har bir bahsda g'alaba qozonishimiz kerak. “Real”ning muvaffaqiyatlariga e'tibor qaratmaslikka harakat qilamiz. Bois bizning ham o'z ishimiz va maqsadlarimiz bor. Hammaning diqqat-e'tibori shunga qaratilgan”, - deydi Rakitich.


Manba: Marca