So’nggi yangiliklar

00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  0 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  29 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  125 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1

"Rahmonalievni "Rubin"ga Leonid Sluckiy taklif qilgan". Umaralining agenti uning "Rubin"ga o'tishi va adaptaciyasi haqida Yangiliklar

"Rahmonalievni "Rubin"ga Leonid Sluckiy taklif qilgan". Umaralining agenti uning "Rubin"ga o'tishi va adaptaciyasi haqida

Futbol agenti Raul Abrurahmonov "Fint Turaeva" podkastida uning mijozi Umarali Rahmonalievning "Rubin"ga o'tishi va uning yangi mamlakatda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirib berdi.

- Bizda avvaliga "Rubin" bilan tanishuv bo'ldi. U qaerga o'tayotganini bilish uchun taxminan 5-7 kun Qozonda bo'ldik. Nimalar borligi, masjid qaerda joylashganini ko'rsatdik. "Rubin"ning bazasi juda yaxshi, huddi mehmonxonadek. Umaralining shartnomasida unga uy ijarasi to'lanishi haqida yozilgan, ammo uning o'zi bazada yashashni afzal ko'radi. U erda barcha sharoitlar bor: ovqatlanish, mashg'ulotlar, qulay nomerlar, yaxshi servis. U "Menga shunday qulay" deb aytdi. U uylanmagan, bir o'zi yashaydi. O'yinlar va mashg'ulotlar yo'q payt bo'sh bo'lganida nimalar qiladi? Bazada gaplashish uchun kimdir bo'ladi. Umarali bilan birga bazada yana 2-3 legioner yashaydi.

Til bo'yicha unday hech qanday muammo bo'lgani yo'q. U rus tilini etarli darajada yaxshi bilardi. Umarali "Rubin"ga o'tish oldidan Leonid Sluckiy bilan gaplashgan. Aytgancha, aynan Sluckiyning o'zi Rahmonalievni "Rubin"ga taklif qilgan. Qozonga uchgan kunimiz Sluckiyni istefoga chiqarishgani malum bo'ldi. Bu biz uchun shok edi, endilikda klubning bosh murabbiy ketganidan so'ng Umaraliga qanchalik ishonch bildirishi noaniq edi.

O'shanda "Rubin" sport direktori Oleg Yarovinskiyga qo'ng'iroq qildim. U "Xavotir olmang, hammasi yaxshi. O'yinchi aniq Sluckiyga emas, "Rubin"ga kelmoqdaku" dedi. Ammo, Sluckiy Rahmonaliev bilan tanishishni juda xohlagandi va hatto undan biroz ertaroq kelishini so'ragandi. "Rubin" umuman olganda Umaralini yozdayoq xarid qilmoqchi edi, ammo "Bunyodkor" o'shanda uni qo'yib yubormagan.

Doim futbol bozori, yangiliklarini kuzataman. 2022 yilning bahorida "Rubin"dan koreyalik yarim himoyachi Xvan In Bom ketdi. Ular Umarali bilan o'yin uslubi bo'yicha juda o'xshash, shu sabab uni "Rubin"ga taklif qildim. Leonid Sluckiyga "Iltimos, shu o'yinchini ko'ring" deb yozdim. Sluckiy ancha tez javob qaytardi. Men kechqurun soat 10da Umaralini yubordim, u esa tungi soat 1da ushbu o'yinchiga unga juda qiziqligini aytdi. Keyingi kuni men bilan sport direktori bog'landi va tezda barchasini kelishib oldik.


Raul Abdurahmonov bilan "Fint Turaeva" podkastining to'liq versiyasini (rus tilida) quyida tomosha qiling:



Son so'nggida sizni Umarali Rahmonalievning libosigi yutib olish imokniyati bor. Barcha shartlar video havolasida.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика