So’nggi yangiliklar

13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  0 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6

Rahmat sizga, afsonalar! Yangiliklar

Rahmat sizga, afsonalar!

Venger, Fergyuson, Inesta, Xavi, Totti, Buffon - garchi ismini yozmagan bo'lsam-da, ularni yaxshi taniysiz.

Ular - klubga sodiqlik namunalari. Ular futbol olamidagi eng buyuk insonlardan. Ular - afsonalar.

Kecha Andres Inesta "Barselona"dagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Uning yig'lashini ko'rgan bag'ritosh inson ham beixtiyor ko'ziga yosh olishi aniq. Buyuklar ham yig'laydi. Bir vaqtlar Kasilyas "Real"dan ketayotganida yig'lab, deyarli gapira olmagandi va bizni ham yig'latdi. Mana qanday futbolchi bo'lish kerak! O'zidan o'chmas iz qoldira olgan ular. Bunday futbolchilarni hech kim unutmaydi, butun dunyo qadrlaydi. Ularni sevishadi. 100 yillardan keyin ham eslab yurishadi.

Bir vaqtlar "Rim Imperatori" "Roma"dagi so'nggi o'yinidan keyin shunday degandi: "Men sizlarni unutmayman, meni unutmasangiz bas!". Naqadar buyuk so'zlar, buni Franchesko Totti aytdi, uning ketayotganida butun "Olimpiko" g'amga botdi.

SHunday futbolchilar orqali biz futbolni sevamiz, klubga sodiqlik tushunchasini his qilamiz. Ayniqsa, shu so'zni ishlatganimizda ko'z oldimizda Janluiji Buffon ham gavdalanadi. Siz, biz, umuman olganda barchamiz Buffonning so'nggi o'yinida ko'z yoshimizni tiyib tura olmadik nazarimda. Butun dunyo yaxshi ko'radi, o'z sevimli jamoasi darvozabonidan ko'ra, Buffonni ustun qo'yadi barcha, to'g'ri emasmi? U butun bir faoliyatini bir notada o'tkazib, barqarorlikni saqlab qola olgan yagona posbon. SHak-shubhasiz. SHuning uchun ham biz uni qadrlaymiz, shuning uchun ham u buyuk, shuning uchun ham u afsona.

Inesta "Barselona"dagi so'nggi o'yinidan keyin "Kamp Nou"ning markazida bir o'zi o'tirdi va xayol surdi. Ochig'i, ushbu rasmni ko'rgan ko'ngli bo'sh inson yig'lab yuborishi mumkin. Andres 16 yildan buyon mana shu tribunalar ostida, bir necha 10 minglab tomoshabinlarning qo'llab-quvvatlashi tufayli buyuk futbolchiga aylandi, jahon futbolida katta etibor qozondi. Garchi u "Oltin to'p"ni yutmagan bo'lsa-da, bu uning darajasiga hech qachon putur etkazmadi. Andresning o'yinlarini tomosha qilgan inson esa futbolga bo'lgan etibori yanada kuchaydi.

U "Barselona"ning har bir g'alabasida o'z hissasini qo'shdi, g'alaba va alamli mag'lubiyatlarda birga bo'ldi va mana u endi ketmoqda. Inesta qaysi davlatga, qanday darajadagi jamoaga borsa ham, u klubga sodiqlik namunasi sifati barchaga o'rnak bo'la oladi. 

"Barselona"ning shunday jihatini yoqtiraman, ular hech qachon afsonaviy futbolchilarni shundoqqina kuzatib qo'ymaydi, alohida shoular uyushtiradi va munosib kuzatib qo'yadi. Kechagi shou muxlislarning o'zini tutishi, Inestaning, tribunada o'tirgan Xavining ko'z yoshlari va umuman olganda ko'p jihatlari bilan uzoq yillar esdan chiqarib bo'lmaydigan darajada yodda qoldi. U "Barselona"da et va tirnoq kabi bo'lgandi, endi "Barselona" usiz ham o'ynashni bilishi kerak. CHunki hech narsa abadiy emas. Bir vaqtlar "Manchester Yunayted"ni Fergyusonsiz, "Arsenal"ni Vengersiz, "Roma"ni Tottisiz, "Yuventus"ni Buffonsiz tasavvvur qilib bo'lmasdi. Endi garchi og'ir bo'lsa-da, Inestasiz "Barselona"ni, Buffonsiz "Yuve"ni ko'ramiz va o'rganamiz. Majburmiz shunga.

Futbolda bir klubda uzoq yillar davomida faoliyat olib borish mumkinligini isbotlab berganingiz uchun rahmat sizlarga! Sizlar futbol afsonalarisiz!

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика