Rafael - MYUning transferlari haqida: "150 millionga olib kelindi degani, klubga mos degani emas"
26 apr 2020 16:15
Yangiliklar
Rafael - MYUning transferlari haqida: "150 millionga olib kelindi degani, klubga mos degani emas"
"Manchester Yunayted"ni navbatdagi mavsumda chempionlik uchun kurashadigan jamoa qilish uchun katta vaqt bor. APLdagi so'nggi chempionlikka 7 yil o'tibdi.
Demak, nimalardir noto'g'ri ishlamoqda. Biz yangilarni katta summaga sotib olib, ularga katta maosh berishga o'rganib qoldik.
Bunday yo'lni maqul ko'rmasdim. 150 millionga olib kelindi degani jamoaga mos degani emas. Barchasi futbolchining xarakteriga bog'liq.
Ushbu klubga muxlisman va tarkibga doimo eng kuchlilar olib kelinishini bilaman. Ammo ular boshida futbolchi MYUga mos ekanligini tekshirishmayapti.
MYUni deydiganlar bilan shartnoma imzolab, ularga pul to'lash kerak. CHicharito yodingizdami? U "Manchester Yunayted" uchun jonini berishga tayyor futbolchilardan biri edi. Hozirgi futbolchilar esa CHicharitoning yarim ishtiyoqichalik ham o'ynashmayapti", - dedi Rafael.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar