Rafael Benites: “Nyukasl” kuchaymoqda, lekin bizga ochko kerak”
04 mar 2018 09:51
Yangiliklar


Rafael Benites: “Nyukasl” kuchaymoqda, lekin bizga ochko kerak”
“Nyukasl Yunayted” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites “Liverpul” jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat (0:2) sabablarini izohladi.
“Biz xavfli jamoaga qarshi o'ynadik. “Liverpul” tezkor hujumga asoslangan jamoa ekanligini bilardik. 40-daqiqaga qadar o'sha shiddatli hujumlarni qaytarib turdik. Keyin esa xatoga yo'l qo'ydik.
O'yinimizda ijobiy tomonga o'zgarish bo'lyapti. Buni ham tan olish kerak. Lekin ayni holatda bizga chiroyli o'yin emas, ochkolar kerak. Mavsum o'zining finishiga yaqinlashmoqda”, – dedi Benites.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
11:48
"Al Ittihod"ning asosiy transfer maqsadi aniq: Klub APL yulduzi uchun 120 mln evro to'lamoqchi 0

Fikrlar