Rafael Benites: "Durangdan xafa emasman"
20 okt 2014 11:23
Yangiliklar


Rafael Benites: "Durangdan xafa emasman"
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites "Inter"ga qarshi o'tgan (2:2) uchrashuvdan ko'ngli to'lganini takidladi.
"O'tgan yili yuqori o'rinlar uchun kurasha olishimizni isbotlagan edik. Durandan xafa emasman, jamoamning qiyin holatdan chiqib keta olish kuchidan ko'nglim to'ldi. Ikki marta oldinga chiqib, tezda gol qo'yib yuborganimiz yoqmadi. Ammo ikkichi bo'limdan mamnun bo'ldim. Birinchi 45 daqiqalikda nimaga qodirligimizni ko'rsata olmadik. Lekin ikkinchi bo'limda etarli darajada imkoniyatlar yaratdik. Jamoamizning xar bir to'p oshirishi golli vaziyat paydo qilish uchun mo'ljallangan edi. O'sha paytda "Inter" bir muvozanatda o'ynay olmayotgandi.

Fikrlar