So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Radulovich boshchiligidagi Livan terma jamoasi haqida Yangiliklar

Radulovich boshchiligidagi Livan terma jamoasi haqida

O'zbekiston terma jamoasi bugun Avstraliyada Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga Livan terma jamoasi haqida malumot berishga qaror qildik.

Livan terma jamoasi Osiyoning o'rtamiyona jamoalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yurt terma jamoasi xuddi biz kabi hech qachon Jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmagan. Bunga qadar faqat bir bor Osiyo Kubogida ishtirok etgan. 2000 yilgi qita chempionati aynan Livanda o'tgan. SHu bois mezbon sifatida saralashsiz Osiyo Kubogida qatnashgan. O'z maydonidagi debyut omadsiz chiqqan. Jamoa guruhdagi uchta o'yinning ikkitasida durang o'ynagan va bir bor mag'lub bo'lgan. Ikki ochko to'plagan Livan guruhda so'nggi o'rinni egallagandi.

Livan futboli afsonasi Roda Antar hisoblanadi. Ushbu futbolchi o'z vaqtida Germaniya Bundesligasida "Gamburg", "Frayburg", "Keln" kabi klublarda o'ynagan. Ayniqsa "Frayburg" safida yuzga yaqin o'yin o'tkazib, 26ta gol urishga erishgan. Livan terma jamoasi safida 1998 yildan 2016 yilga qadar 59ta o'yin o'tkazib, 20 marta raqiblar darvozasiga gol urgan. Bugungi kunda terma jamoa safida o'yinlar soni bo'yicha beshinchi o'rinda, gol urish bo'yicha esa birinchi o'rinda turibdi. Roda Antar o'tgan yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Bugungi kunda Livan terma jamoasi yulduzi va etakchisi Hassan Matuk hisoblanadi. 2006 yildan buyon termada o'ynab kelayotgan hujumchi 70ta o'yin o'tkazishga ulgurdi va 19ta gol urdi.

Livan 2018 yil sentyabr oyida FIFA reytingida 77-o'ringa chiqdi. Bu terma jamoa tarixidagi rekord darajadagi eng yuqori natija bo'ldi.

OSIYO KUBOGI-2019 SARALASHI
Livan terma jamoasi qita chempionatiga chiqish uchun KXDR, Gonkong va Malayziya bilan bir guruhda kurash olib bordi. Aytish mumkinki saralash Miodrag Radulovich shogirdlariga umuman qiyinchilik tug'dirgani yo'q. Oltita o'yinning faqat bittasida, safarda KXDR bilan, durang qayd etildi. Qolgan beshta o'yinning barchasida livanliklar 3 ochko egasiga aylanishdi va guruhda birinchi o'rinni olib ikkinchi bor Osiyo Kubogida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Etiborlisi Livan terma jamoasi o'z tarixida ilk bor saralash orqali Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Yuqorida 2000 yilgi qita chempionatida Livan mezbon bo'lgani uchun, saralashsiz ishtirok etgani haqida yozgan edi.



Livan futbol Associaciyasi
Laqabi -
"Kedrlar"
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Miodrag Radulovich (CHernogoriya)
Sardor - Hassan Maatuk
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Abbos Atvi (84)
Eng ko'p gol urgan - Roda Antar (20)
Uy stadioni - "Camille Chamoun Sports City" stadioni
FIFA kodi - LIB
FIFA reytingidagi o'rni - 82 (2018 yil 25 oktyabr)

Birinchi rasmiy o'yin
1940 yil 27 aprel

Falastin - Livan 5:1

Eng yirik g'alaba
1967 yil 28 sentyabr

Livan - Filippin 11:1

Eng yirik mag'lubiyati
1959 yil 25 noyabr

Iroq - Livan 8:0

1985 yil 27 mart
Qatar - Livan 8:0


Osiyo Kubogidagi ishtiroki - bir marta 2000
Eng yaxshi natijasi 
- guruh bosqichi (2000)

Sovrinlari
Arab millatlar kubogi
Uchinchi o'rin sohibi 
- 1963



BOSH MURABBIY

Miodra Radulovich futbolchilik faoliyatida asosan CHernogoriya va Serbiya klublari sharafini himoya qilgan. Faoliyati oxirida Greciyada "Pierikos" va SHveciyada "Degerfors"da to'p tepgan. 1997 yilda aynan SHveciyada futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Uning murabbiylik faoliyati 2000 yilda "Zeta" klubida boshlangan. Bu klubda Miodrag 3 mavsum ishladi. 2003 yilda Serbiyada "Borac" bosh murabbiyiga aylandi. Bir yil o'tib, u Serbiya va CHernogoriya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi va bu jamoa bilan Germaniyada o'tgan U-21 Evropa chempionatida kumush medali sohibiga aylandi. Keyingi yil Portugaliyaning "Boavishta" klubida Jelko Petrovichga yordamchi bo'ldi. Uning navbatdagi ish joyi CHernogoriya U-19 terma jamoasi bo'ldi. 2010 yilda Miodrag Radulovich Toshkentning "Paxtakor" klubiga bosh murabbiyiga aylandi. O'zbekiston klubida yarim yil ishlagan murabbiy Rossiyaga yo'l olgandi. Miodrag Bojovich uni Moskvaning "Dinamo" klubiga yordamchi sifatida chaqirgan edi.

Radulovich 2011 yil CHernogoriyada "Buduchnost" bosh murabbiyi bo'ldi va jamoa bilan mamlakat chempioni bo'ldi. Bir mavsum davomida "Atirau"da ishlashga ham ulgurdi. Livan bosh murabbiyi aylanishidan oldin Kuvaytda "Al Jaxra" bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Ushbu murabbiy chernogor tilidan tashqari serb, ingliz, rus va grek tillarini biladi. Miodrag Radulovich UEFA hamda CHernogoriya futbol Ittifoqi murabbiylar maktabida dars ham beradi.



MIODRAG RADULOVICH (CHernogoriya)
Tug'ilgan sana
: 23 oktyabr 1967 yil
Tug'ilgan joy: Podgorica, Yugoslaviya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan klublari: "Sutieska Nikshich" (CHernogoriya), "Buduchnost Titograd" (CHernogoriya), "Xayduk" (Serbiya), "Zemun" (Serbiya), "Pierikos" (Greciya), "Degerfors" (SHveciya).
Boshqargan jamoalari: "Zeta" (CHernogoriya), "Borac" (Serbiya), Serbiya va CHernogoriya, "Boavishta" (Portugaliya) yordamchi, "Paxtakor" (O'zbekiston), "Dinamo" (Rossiya) yordamchi, "Buduchnost Podgorica" (CHernogoriya), "Kazma" (Kuvayt), "Atirau" (Qozog'iston), "Al Jahra" (Kuvayt).

2015 yildan buyon Livan terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda.


Murabbiylikdagi sovrinlari
U-21 Evropa chempionati kumush medal sohibi
- 2004
CHernogoriya chempioni - 2012
Kuvayt chempionati bronza medali sohibi - 2015



O'ZARO O'YINLAR
O'zbekiston va Livan terma jamoalari shu paytga qadar jami besh marta o'yin o'tkazishgan. Ilk to'qnashuvlar JCH-2010 saralashida bo'lib o'tgan. Safarda Odil Ahmedovning yagona goli O'zbekistonga g'alaba keltirgan - 1:0. Toshkentda o'tgan uchrashuvda esa Odil Ahmedov dublga erishgan, yana bitta golga Server Jeparov mualliklif qilgan - 3:0.

Navbatdagi ikki o'zaro bahs 2014 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida bo'lib o'tgan. Beyrutda o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Livan bilan Toshkentdagi bahs yangi qurib bitkazilgan "Bunyodkor" (hozirgi "Milliy") stadionida bo'lib o'tgan. O'shanda Server Jeparovning yagona goli O'zbekistonga g'alaba keltirgan edi - 1:0.

O'zaro oxirgi bahs 2016 yil fevral oyida BAAda bo'lib o'tgan. O'rtoqlik uchrashuvi maqomidagi uchrashuvda Eldor SHomurodov va Server Jeparov gol urishgan - 2:0.

Bo'lib o'tgan beshta o'yinning 4tasida O'zbekiston g'alaba qozongan, bitta uchrashuv durang qayd etilgan.


Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi
06.02.2008  Livan - O'zbekiston 0:1  |  JCH-2010 saralashi
14.06.2008  O'zbekiston - Livan 3:0  |  JCH-2010 saralashi
08.06.2012  Livan - O'zbekiston 1:1  |  JCH-2014 saralashi
26.03.2013  O'zbekiston - Livan 1:0  |  JCH-2014 saralashi
14.02.2016  Livan - O'zbekiston 0:2  |  O'rtoqlik uchrashuvi



Livan terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yin uchun tarkibi
Darvozabonlar

Mahdi Halil ("Axad")
Abbos Hassan ("Najma")
Mustafo Matar ("Salam Zgxarta")

Himoyachilar
Volid Ismoil ("Salam Zgxarta")
Nur Mansur ("Axad")
Mutaz Junaydi ("Ansar")
Jon Umari ("Sagan Tosu", Yaponiya)
Qosim El Zeyn ("Najma")
Nossir Nossir ("Ansar")
Hassan Samih CHayto ("Ansar")
Aleksandr Michel ("Eskilstuna", SHveciya)
Feliks Michel ("Eskilstuna", SHveciya)

Yarim himoyachilar
Xaitam Faur ("Axad")
Muhammad Haydar ("Axad")
Adna Xaydar ("Ansar")
Nodir Matar ("Najma")
Samir Ayass ("Axad")
Bassel Jradi ("Xayduk Split", Xorvatiya)

Hujumchilar
Hassan Matuk ("Najma")
Hassan Ali CHaito ("Ansar")
Rabih Ataya ("Ansar")
Hassan Al Muhammad ("Najma")
Hilol El Xelve ("Apollon Smirnis", Greciya)
Umar Bugiel ("Bromley", Angliya)



Narzulla Saydullaev tayyorladi


Bugun 15:00. O'zbekiston - Livan

Livan safida shveciyalik aka-uka maydonga tushishi mumkin

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика