Radomir Antich hayotdan ko'z yumdi
07 apr 2020 00:45
Yangiliklar
Radomir Antich hayotdan ko'z yumdi
“Real”, “Atletiko” va “Barselona”ning sobiq murabbiyi Radomir Antich 71 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Bu haqda “Atletiko” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Serbiyalik mutaxassisning o'limi sababi xabar qilinmagan.
“Atletiko” oilasi afsonaviy murabbiy Radomir Antichning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oilasiga hamdard ekanligini bildiradi. Uning xotirasi bir umr qalbimizda qoladi”, deyilmoqda “Atletiko” matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
Antich futbol tarixida turli yillarda “Real”, “Atletiko” va “Barselona”ni boshqargan yagona murabbiy hisoblanadi. Serbiyalik mutaxassis qo'li ostida 1995/96 yilgi mavsumda “Atletiko” mamlakat chempionligiga erishgan. 1996 yilda esa jamoa mamlakat kubogida g'olib chiqqan.
Futbolchilik faoliyati davomida Antich “Partizan”, “Fenerbaxche” va “Saragosa” jamoalari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar