So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Radhi SHenaishil: "MTJdagi asosiy futbolchilarimiz - legionerlar" Yangiliklar

Radhi SHenaishil: "MTJdagi asosiy futbolchilarimiz - legionerlar"

O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Radhi SHenaishil qatnashdi.

"Eng avvalo ushbu tashrif amalga oshishida yordam bergan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. CHunki, Iroq terma jamoasi ayni paytda yangidan shakllanmoqda. Yig'in davomida yangi nomzodlarimizni ko'zdan kechirib oldik va o'zimizga kerakli hulosalarni chiqarib oldik.

2015 yildagi Osiyo Kubogidagi tarkibimizdan bor yo'g'i 3 nafar futbolchimiz bor. FIFA kuni bo'lmagani sababli asosiy tarkibimiz bilan tashrif buyurmadik. Tarkibdagi futbolchilarning 75 foizi Iroq terma jamoasida bugun debyut qilishdi.

Tarkibimizda Olimpiadaga boradigan futbolchilar? Ulardan 4 yoki 5 nafar futbolchi Rioga borishadi. Ali Adnan shular jumlasidandir.

Ushbu yosh futbolchilar bilan JCH saralashidagi maqsad... Bizning MTJdagi asosiy futbolchilarimiz legionerlardir. Ushbu yig'indan maqsad esa yoshlarni sinovdan o'tkazish. Kelajakda yangi nomlarni kashf qilish uchun mana shunday o'yinlardan foydalanyapmiz. Federeciyamizning o'z strategiyasi bor. O'zim uchun qaysi chiziqni kuchaytirish lozimligi borasida qaydlar qilib boraman.

Iroq bilan 3 yillik shartnomam bor. Bu vaqt davomida imkon qadar yangi nomlar va yoshlarga imkon berishga harakat qilaman.

Albatta bugun barcha g'oyalarimni ishlatdim deya olmayman. Keyingi o'yin Qatarga qarshi bo'ladi. Ushbu o'yinda ham yangi uslub ustida ishlaymiz. Mana shu o'rtoqlik o'yinlaridan so'ng JCH saralashidagi imkoniyatlarimizni belgilab olamiz.

So'zim yakunida barcha barchaga: stadionga kelgan muxlislarga, jurnalistlarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Umid qilamanki, bu O'zbekistonga qilgan so'nggi tashrifim emas", - deya matbuot anjumanidagi fikrlarini yakunladi iroqliklar bosh murabbiyi.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика