Rabiner: “Mourinyu o'zbekistonlik forvardni qadrlamadi. Eldor “qochishi” kerak”
26 iyu 2022 09:40
Yangiliklar


Rabiner: “Mourinyu o'zbekistonlik forvardni qadrlamadi. Eldor “qochishi” kerak”
Rossiyalik taniqli jurnalist Igor Rabiner Eldor SHomurodovning “Roma”dan ketishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
“Albatta, SHomurodov “Special one”dan “qochishi” kerak. Bundan tashqari, Mourinyu o'zbekistonlik forvardni etarlicha qadrlamadi va o'tgan mavsum u ko'p o'ynamadi, qo'shimchasiga “Roma” Abrahamdan tashqari, mavsumlar oralig'ida Dibalani ham olib keldi. Yani, Eldor endi umuman o'ynamaydi.
“Jenoa”dan keyin esa uning Italiyadagi obro'si yaxshi. U A Seriya turnir jadvalining o'rta yoki quyi qismidagi jamoalarga o'tishi kerak. “Roma”dan esa unda Konferenciyalar ligasidagi g'oliblik (uncha-muncha emas, evrokubok) hamda Joze bilan birga ishlash xotirasi qoldi”, deya yozgan Rabiner ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar