Rabbimjon Hasanov: “Jamoamga yordam berishga tayyorman”

Narzulla Saydullayev
8 may 2016, 14:52
Bugun oliy liganing 8-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Mashal” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bo'lajak bahs oldidan “burgutlar” a'zosi Rabbimjon Hasanov o'z fikrlarini bildirdib o'tdi.

- Xudoga shukur, jaroxatlar ortda qoldi va hammasi asta-sekin yaxshi bo'lib bormoqda. Umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdaman. Albatta ma'lum muddat shug'ullanmaganimdan keyin jismoniy tayyorgarligim ham meyorida deb ayta olmayman. Lekin jamoamga yordam berishga tayyorman. Agarda murabbiylar imkoniyat bersa, astoydil o'ynab, jamoa g'alabasi uchun o'z hissamni qo'shishga xarakat qilaman.

- “Mashal” ham yaxshi jamoa. Ular ham safardan ochko olib ketish maqsadida kelgan bo'lishi aniq. Chunki g'alaba ularga ham suv va havodek zarur. Shu bois qiziqarli o'yin bo'ladi, - deydi Hasanov. 

“Andijon” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia