Rabbim Hasanov: “Barcha jamoalarda moliyaviy muammo bo'lsa kerak”
15 jan 2017 19:11
Yangiliklar
Rabbim Hasanov: “Barcha jamoalarda moliyaviy muammo bo'lsa kerak”
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Lekin jamoani bir qator futbolchilar tark etishdi.
Ularning o'rniga esa yangi futbolchilar tashrifi davom etmoqda. Jamoa yarim himoyachisi Rabbim Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.
“Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga etibor qaratyapmiz. Kuni kecha Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. 18 yanvar kuni Toshkentda yig'ilib, mashg'ulotlarni boshlaymiz. Toshkentda 3-4ta jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz.
“So'g'diyona” klubi bilan shartnomam o'z yakuniga etgan. Klub rahbariyati meni jamoada qolishimni istayapti. Moliyaviy muammo barcha jamoalarda bor. “So'g'diyona” klubi rahbariyati ham bunday muammolarni sekin-asta bartaraf etmoqda.
Hozir boshqa jamoalardan qiziqishlar bor, lekin qaysi jamoaligi sirligicha qolsin. Qolganini vaqt ko'rsatadi. CHempionatgacha ancha vaqt bor. Hamma narsa o'zgarib ketishi ham mumkin. Agarda jiddiy takliflar bo'lsa o'ylab ko'raman va qaysi variant maqul kelsa o'shani tanlayman. Futbolchining hayoti shu. Bir kun boshqa klubda, yana bir kun boshqa klubda”, - deydi Rabbim Hasanov.
Jahongir Sotvoldiev

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar