So’nggi yangiliklar

20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  0 20:05Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  19 20:00Суперлига. "Насаф" — "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  15 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:00Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  1 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  5 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  4 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  13 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  4 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  6 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2

Quyidan yuqoriga ko'tarilish yoxud Aleksandr Lobanov haqida Yangiliklar

Quyidan yuqoriga ko'tarilish yoxud Aleksandr Lobanov haqida

“Paxtakor” va milliy terma jamoamiz darvozaboni Aleksandr Lobanov faoliyatini Eronda eng ko'p muxlislarga ega bo'lgan ikki jamoadan biri – Tehronning “Persepolis” klubida davom ettirishi malum qilindi.

“Paxtakor” bilan SHarjadagi yig'inda ikki nazorat bahsida maydonga tushgan Sasha Tehronga etib bordi va yangi jamoasi bilan yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Kelishuv yana bir yil muddatga uzaytirilishi ham mumkin.

Hozirgacha darvozabonlarimiz Osiyoning kuchli birinchiliklarida faoliyat olib borishmagandi. Boshqa amplua vakillari qitamiz va Evropadagi mashhur klublar safida o'ynashgan, biroq posbonlar borasida bunday holat birinchi marta sodir bo'ldi. Qolaversa, “Persepolis” Osiyo klublari ichida eng mashhurlaridan biri sanaladi. Bu jamoaning “Istiqlol” bilan derbilarini jahondagi ko'p sonli muxlislar kuzatib borishadi. Unga yangi klubi va chempionatda omad tilagan holda boshqa vaziyatga etiboringizni qaratsam.

Lobanovning faoliyatini kichik yoshli futbolchilar uchun o'rnak qilib ko'rsatsa bo'ladi. Qaysi manoda? Hozir buni tushuntirib o'tishga intilaman. Gap shundaki, u “Paxtakor” maktabi tarbiyalanuvchisi sanalsa ham katta futbolga kirib kelgan davrlarida asosiy tarkib darvozabonlariga raqobat yarata olmasdi. CHunki Nesterov va Jo'raev o'shanda asosiy jamoada o'ynashardi. SHu sababli Sasha faoliyatini oliy liganing kuchsizlaridan biri sanalgan “So'g'diyona”da davom ettirishga qaror qilgan. Hozir ko'plab yosh futbolchilar o'z klubining asosiy tarkibiga kira olmasa, aybni boshqalardan qidirib, faqat etakchi jamoalarda o'ynamoqchi ekanini bayon etadi. Aslida barchasini quyidan boshlab borgan maqul, agar saviyang birdaniga asosiy tarkibda o'ynashga tortmasa. SHu tariqa Lobanov Jizzax jamoasi safida o'ynashni boshladi. 2006 yil uning bir qator o'yinlarini yaxshi eslayman. Himoya chizig'i unchalik kuchli bo'lmagan jamoada Sasha o'zi uchun muhim bo'lgan o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Kuchlilarga qarshi bellashuvlarda qator seyvlari bilan muxlislar olqishlariga loyiq topilgandi. Iqtidori borligini ko'rsatgan darvozabon oradan 9 yil o'tib, terma jamoada debyutini nishonladi. Bungacha esa ko'p voqealarni boshdan kechirdi.



2007 yil u mavsumni Qozog'iston chempionati ishtirokchisi “Qaysar” klubida boshladi. Birinchi mavsumda asosiy tarkibda o'ynagan Sasha o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida “Akjayik”ka yo'l olgan. Lekin Qozog'istondagi ikki yillik faoliyatidan so'ng u yana yurtimizga qaytib, bu safar “Buxoro” tarkibidan o'rin egalladi. Lekin uning o'yinlari maqul kelmadi, shekilli, atigi 4 bor maydonga tushirildi. U Qozog'istondan kelgach, ko'pchilik Lobanovni yoddan chiqarishni boshlagandi. 2010 yil esa birinchi ligaga ko'chib o'tdi. “Lokomotiv” BFK tarkibiga borib qo'shilish faoliyati orqaga ketganini bildirgandek edi. CHunki ushbu klub asosan futbolchilarni tarbiyalashga etibor qaratadi va oliy ligaga chiqishni oldiga maqsad qilib qo'ymaydi. 2011 yilgi mavsumda Lobanov endi Nukusning “Jayxun” klubida o'ynadi. Aynan shu jamoaga o'tish unga omad keltirdi deb aytish mumkin. O'zi Nematillo Quttiboev boshchilik qiladigan klub har yili kamida 1-2 nafar futbolchini oliy liga jamoalariga tarbiyalab bermoqda. Azamat Allaniyozov, Navro'z Alimov, Oybek Nurboev, Salamat Quttiboev kabi futbolchilar bunga misol bo'ladi. Sasha nukusliklar tarkibida yaxshi o'yin namoyish etdi. O'z ustida ishlashdan to'xtamagan Lobanovni 2012 yil qadrdon jamoasi sanalgan “Paxtakor” o'z safiga chorladi. Birinchi ligadagi ikki yillik faoliyatdan keyin u birdaniga chempionlik uchun kurashadigan klub safiga qo'shildi.

“Paxtakor”da ham u yo'qolib qolmadi. CHempionlikka erishilgan birinchi mavsumda oliy ligada 19 uchrashuv o'tkazdi, shulardan 13tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning faoliyati bemalol quyidan yuqoriga ko'tarilish yoki hech qachon taslim bo'lmasdan oldinga intilish lozimligiga yorqin misol bo'ladi. 4 mavsum davomida u “sherlar” tarkibida oliy ligada rosa 100 o'yinda maydonga tushib, shulardan 50tasida gol o'tkazmadi. SHu 4 yilda “Paxtakor” safida barcha musobaqalarda 131 bor o'ynagan Sasha 58 bor “quruq” bellashuvga ega. Jamoasi bilan oxirgi 4 yilda uch marta O'zbekiston chempioniga aylandi. 2014 yil Namanganda, 2015 yil Qarshidagi o'ta muhim bahslarda jamoasini qiyin vaziyatlarda qutqarib, o'sha uchrashuvlardagi g'alabalarga munosib ulush qo'shdi.

2015 yilning sentyabr oyida Lobanov milliy terma jamoada debyutini o'tkazdi. Yamanga qarshi Toshkentdagi bahsda u ilk marta terma jamoa libosida maydonga tushdi. Yaman bilan 2 bor, Filippin, Bahrayn va KXDRga qarshi bellashuvlarda Sasha darvozasidan 3 to'p o'tkazib yubordi. Hozircha u terma jamoa bilan jahon chempionati sari yurishni davom ettirmoqda.



Yanvar oyida “Paxtakor” bilan SHarjadagi yig'inga uchgan Lobanov shu oyning o'zidayoq Eron chempionatida oltin medallar uchun kurashayotgan “Persepolis” bilan erkin agent sifatida yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Erondagi debyutini u 2 fevral kuni Tehronda “Sepaxan” bilan uchrashuvda nishonlashi mumkin.

Futbolda ko'pincha g'alabalarga erishishda engilmas xarakterga ega bo'lish lozim deb aytiladi. Oxirigacha ishlash, tushkunlikka tushmaslik, kerak paytda imkoniyatdan unumli foydalanish ham muvaffaqiyat uchun kerakli omillardan. Ulg'ayib kelayotgan o'yinchilar aynan buni to'liq anglab etishsa, yaxshi bo'lardi. Qisqa vaqt ichida birinchi ligamizdan Eron proligasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan Lobanovning faoliyati bunga namuna bo'la oladi.

Aleksandr LOBANOV
Tug'ilgan sanasi: 04.01.1986
O'ynagan jamoalari: 2005–2006 “So'g'diyona” (25 o'yin), 2007-08 “Qaysar” (18 o'yin), 2008 “Akjayik” (9 o'yin), 2009 “Buxoro” (4 o'yin), 2010 “Lokomotiv” BFK, 2011 “Jayxun”, 2012-15 “Paxtakor” (100 o'yin).
O'zbekiston milliy terma jamoasida 5 uchrashuvda 3 to'p o'tkazib yuborgan.

Behzod NAZAROV.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика