Quvondiq Ro'ziev “Lokomotiv”ga qaytadi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2015, 08:00
Joriy mavsumni “Qo'qon-1912”da o'tkazgan futbolchi endilikda Toshkent klubiga qaytadi.

Sababi Quvondiq Ro'ziev huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishlidir. Ijara muddati nihoyasiga etdi va u dekabr oyida “temiryo'lchilar”ning ilk yig'iniga borib qo'shiladi. Bu haqda futbolchining o'zi quyidagilarni aytdi: - Qo'qondagi faoliyatimdan ko'nglim to'ldi. Men uchun asosiysi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish edi. Jamoaning oldiga qo'yilgan vazifani bajardik. Ozmi ko'pmi o'z hissamni qo'shdim deb o'ylayman. Endi huquqiy jamoam bo'lmish “Lokomotiv”ga qaytib yanada o'sishga erishishni istayman – deydi Ro'ziev.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia