Quvondiq Ro'ziev: "Bu futbolchilar birinchi marta yig'ilishgandi"
17 iyu 2015 14:30
Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: "Bu futbolchilar birinchi marta yig'ilishgandi"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev kechagi "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin qiyin o'tdi, sababi "Paxtakor" chempion, jamoa tarkibida tajribali futbolchilar ko'p. Bu yigitlar esa birinchi marta yig'ildik. Ammo shunday bo'lsa ham barcha futbolchilarni tayniymiz, ko'p bilan do'stmiz.
Yig'in alo darajada o'tdi, yangi murabbiylar shtabi yigitlardan nima xohlashayotganini aniq aytib o'tishdi.
20 iyulda navbatdagi yig'in boshlanadi, ushbu yig'inda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz.
Klubdagi faoliyatimga kelsak "Qo'qon-1912"ni tark etdim. "Lokomotiv"ga qaytish niyatim bor, agar bu amalga oshmasa oliy liganing boshqa klubida o'z kuchimni sinab ko'rmoqchiman. Tez orada bu hal bo'ladi", - deydi Quvondiq Ro'ziev.
Narzulla Saydullaev yozib oldi

O’xshash yangiliklar

Fikrlar