So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

Quvnoq APL, xush kelibsan! Ilk fantastik o'yinda 7ta gol va "Arsenal"dan irodali g'alaba FOTO Yangiliklar

Quvnoq APL, xush kelibsan! Ilk fantastik o'yinda 7ta gol va "Arsenal"dan irodali g'alaba FOTO

Angliyada yangi futbol mavsumi dahshatli, dramatik va fantastik o'yin bilan boshlandi.


Mavsumning ilk uchrashuvida "Arsenal" o'z uyida "Lester"ni qabul qildi.
APLning yangi mavsumidagi ilk goli "Arsenal"ning yangi futbolchisi Aleksandr Lyakazettning birinchi to'pga tegishi, birinchi zarbasidan keyin kiritildi.


Debyut, birinchi zarba va ilk gol.

Bu shunchaki dahshatli start edi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq hisob ochilgan bo'lsa, "Lester"ning javob to'pi ham muxlislarni ko'p kuttirmadi.
"Lester"ning ham ilk hujumi gol bilan yakunlandi. Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Okazaki ko'p o'tmay o'yindagi hisobni tenglashtirishga erishdi.


SHundan so'ng "Arsenal" yana hujumga zo'r berdi. Ammo keyingi golni "Lester" urdi. "Lester"ning bu galgi hujumi hamda darvoza tomon ikkinchi to'g'ri zarbasi ham gol bilan tugadi. Bu safar chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Jeymi Vardi samarali yakunladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.


"Arsenal" esa tanaffusga chiqish oldidan o'z muxlislarini biroz tinchlantirishga erishdi.
"Arsenal"ning yangi himoyachisi Sead Kolashinacning hujumga qo'shilishi naf keltirdi. Aynan ushbu bosniyalik himoyachining to'p uzatishidan keyin Uelbek bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasini tanaffusga nisbatan yaxshi kayfiyatda olib chiqib ketdi.


APLning yangi mavsumdagi ilk o'yinining birinchi bo'limida muxlislar 4ta gol ko'rishdi.
Maydondagi to'rt hujumchining barchasi bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Birinchi taymning dastlabki daqiqalaridanoq "Arsenal" gol urgan bo'lsa, keyinchalik "Lester" ikki bor to'p kiritgandi va taym so'nggida yana "Arsenal" gol urib muvozanatni tikladi.


Ikkinchi taym esa "Lester"ning parvozi bilan boshlandi. Burchak zarbasidan keyin Jeymi Vardi yana "Arsenal" darvozasini ishg'ol etdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Bu gol esa "Arsenal"ni yanada hujumga zo'r berishiga, etiborni faqat oldinga qaratishga majbur etdi. Ularni bundan boshqa choralari ham yo'q edi.

Arsen Venger uchrashuvni qutqarib qolish uchun zaxiradan bir qator futbolchilarni maydonga tushirdi. Bu esa o'z mevasini 83-daqiqaga kelib bermay qo'ymadi. Zaxiradan maydonga tushgan Remzi "kanonirlar" uchun juda muhim bo'lgan to'pni kiritdi va "Arsenal" o'yinda yana bir hisobni tenglashtirishga erishdi.

Bu hali hammasi emasdi. Zaxiradan maydonga tushgan yana bir futbolchi Olive Jiru ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga ulgurdi. Remzining golidan keyin ikki daqiqa o'tgach "Arsenal" jamoasi hisobda oldinga chiqib olishga ham erishdi.

APLning yangi mavsumi shunchaki fantastik tarzda boshlandi. Londonda jamoalar faqatgina hujumni o'ylab o'ynashgani bois ham stadionga kelgan ishqibozlar 7ta gol ko'rishga muvaffaq bo'lishdi.

Uchrashuvni ajoyib boshlagan "Arsenal" yakunni ham shu ruhda tugatib qo'ydi. O'yin o'rtalarida juda samarali va chiroyli o'ynagan "Lester" uchun esa bellashuv juda alamli bo'ldi.

Dramatik kechgan bahsda "Arsenal" irodali g'alabani qo'lga kiritdi va Arsen Venger ajoyib o'zgarishlar tufayli keskin tanqidlardan qutilib qoldi.

Quvnoq APL, xush kelibsan!


APL, 1-tur. Turnir jadvali.


Arsenal – Lester 4:3

Emireyts

Gollar
: 1:0 – 2 Lyakazett, 1:1 – 5 Okadzaki, 1:2 – 29 Vardi, 2:2 – 45 Uelbek, 2:3 – 56 Vardi, 3:3 – 83 Remzi, 4:3 – 85 Jiru.

Arsenal
– CHex, Monreal, Kolashinac, Belerin, Xolding (Jiru, 67), Oksleyd-CHemberlen, El-Nenni (Remzi, 67), Djaka, Ozil, Uelbek (Uolkott, 75), Lyakazett.

Lester
– SHmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Marez, Ndidi, Djeyms (Ixeanacho, 82), Olbrayton (Grey, 88), Okadzaki (Amarti, 72), Vardi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика