"Quvayt SK" "Monako" sobiq hujumchisini sotib oldi
13 iyu 2021 20:42
Yangiliklar
"Quvayt SK" "Monako" sobiq hujumchisini sotib oldi
35 yoshli hujumchi Dyomersi Mbokani faoliyatini Quvaytda davom ettiradi.
"Antverpen" hujumchisi Dyomersi Mbokani "Quvayt SK" bilan shartnoma imzoladi.
"Monako" sobiq hujumchisi o'tgan mavsumda 35 o'yinda 14 ta gol urdi va 5 ta golgi assistentlik qildi.
Oldinroq "Quvayt SK" Jon Obi Mikelni o'z safiga qo'shib olgan edi.
Fikrlar